
Rejaga ko'ra, mazkur turda 8ta emas, balki 7ta o'yin bo'lib o'tdi. Boisi moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan Nukusning “Orol” jamoasi shu kuni vodyiga, Chustga safar uyushtira olmadi. Shu tariqa “Chust-Paxtakor”ga texnik g'alaba yozildi va jamoa hisobiga o'z o'zidan uch ochko qo'shib qo'yildi. “Orol”ga esa aksincha.
MEZBONLAR YUTQAZMAGAN TUR
Yuqorida aytib o'tganimizdek, 9-turda jami 7ta bahs o'tkazildi. Aytish kerakki, mazkur turda mezbonlarni mag'lubiyat uchun mehmon jamoalarga nasib etmadi.
Istiqlol – Sherdor 0:0.
Kamol Jo'nashev bosh murabbiyligidagi “Istiqlol” ushbu turda g'alaba qozonishi ham mumkin edi. Agarda G'ulomhaydar G'ulomov 11 metrlik zarbani aniq bajara olganda. Ushbu qayd etilgan durangdan so'ng, har ikkala jamoaning ochkolari soni tenglashdi.
NBU-Osiyo – Alanga 3:0.
Ikkinchi bosqichni ketma-ket mag'lubiyat bilan boshlagan “bankirlar” o'ziga kelmoqda chog'i. “Alanga” mezbonlar uchun shu kuni u qadar jiddiy raqib emasdi. Sababi ushbu jamoalarning Kosonda kechgan dastlabki o'yinida durang qayd etilgandi. Shu bois toshkentliklar o'yinni hotirjam boshladi va birinchi bo'limning o'zidayoq raqib davrozasini ikki bor nishonga olbi, tanaffusga hotirjam yo'l oldi. Ikkinchi taymda ham Muxtor Qurbonov shogirdlari yana bitta to'p kiritib, masalani uzil-kesil hal qildi.
Paxtakor-2 – Zarafshon-NCZ 4:1.
Ilhom Mo'minjonov boshqaruvidagi yosh “sherlar” ham birinchi ligada boshqalarga nisbatan ancha yosh bo'lsada, raqiblariga osonlikcha taslim bo'lmoqchi emas. Buni ular dushanba kuni “Zarafshon-NCZ”ga qarshi kechgan bahsda isbotladi. Uchrashuvda tashabbusni to'laligicha o'z qo'liga olishga erishgan “paxtakorchilar”, turnir jadvalida 3-o'rinda ketayotgan jamoani yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgani tahsinga loyiqdir!
Oq-tepa – Registon – 4:1.
Mazkur uchrashuvda avvaliga “Registon” g'alaba qozonayotgandi. Samarqandliklarning to'purariga aylanib borayotgan Dilshod Jabborov 5-daqiqadayoq raqib darvozasini ishg'ol etgandi. Lekin tanaffus paytida yo'l qo'yilgan xatolardan kerakli xulosalarga kelgan maydon egalari g'alabani o'z tomonlariga og'dira olishdi. E'tiborlisi “Oq-tepa” futbolchilari 8 daqiqa ichida 3ta gol urdi! Shu tariqa Aleksandr Tokov shogirdlari irodali g'alabaga erishdi.
Andijon – Spartak 3:1.
Turning markaziy o'yinlaridan biri sifatida etirof etilgan uchrashuvda, maydon egalari to'liq tashabbusga erishgan xolda g'alaba qozondi. Aslida ham “burgutlar” bu bahsda favorit edi. Chunki andijonliklar o'z maydonida raqibiga osonlikcha ochko ulashadigan jamoa emas. Boz ustiga shu kuni liga debyutanti bo'lmish “Spartak”ni vodiydan g'alaba bilan qaytishi qiyin edi.
Qo'qon-1912 – Mashal 1:1.
Bu jamoalarning avvalgi turdagi qarama-qarshiligida muborakliklarning qo'li baland kelgan edi. Bu safar esa jangovor durang qayd etildi. Shu kuni birinchi bo'lib hisobni ochgan qo'qonliklar, o'z hisobiga uch ochko yozib qo'yishi ham hech gap emasdi. Ammo “Mashal” ham safardan quruq qaytishni istamadi va birinchi bo'limning o'zidayoq hisobni tenglashtirishga erishdi.
Kosonsoy – Xorazm 1:0.
Bu o'yinda ham mezbonlarni mag'lubiyatga uchratish mehmon jamoaga nasib etmadi. Uchrashuvning 57-daqiqasida Muqimjon Toshmatov tomonidan kiritilgan gol, kosonsoyliklarga uch ochko keltirdi.
20TA GOL. 2TA PENALTI. 1TA XET-TRIK
O'tkazilgan jami 7ta o'yinda 20ta gol qayd etildi. Bu har bir bahsga o'rtacha 2,85..tadan gol demakdir!
Qayd etilgan gollarning 7tasi birinchi bo'limda kiritilgan bo'lsa, qolgan 13tasi ikkinchi bo'limda urilgan.
Ushbu gollarning 16tasi mezbonlar hisobiga yozildi. Qolgan 4tasini esa mehmon jamoalar kiritishgan.
Turning eng tezkor goli, 5-daqiqaga to'g'ri keldi. “Registon” a'zosi Dilshod Jabborov ushbu daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Turning eng so'nggi goli esa 78-daqiqaga to'g'ri keldi. E'tiborlisi bu daqiqada ikkita futbolchi gol urishga erishdi. “Oq-tepa” yarim himoyachisi Nikita Pavlenko va “Paxtakor-2” hujumchisi Jasur Hakimov 78-daqiqada gol urib, jamoasini g'alabasini taminlashga erishdi.
9-turdagi o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar atiga ikki o'yinda bittadan penalti belgilashga qaror qildi. Avvaliga “Mashal” darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima to'pini “Qo'qon-1912” himoyachisi Aziz Madaliev aniq bajargan bo'lsa, keyinchalik ikkinchi bo'limda “Istiqlol” futbolchisi G'ulomhaydar G'ulomov “Sherdor” darvozasini aniq nishonga ola bilmadi.
Shuningdek ortda qolgan turda birgina Jasur Hakimovning o'zi 1tadan ortiq gol urgan futbolchi bo'ldi. “Paxtakor-2”ning asosiy hujumchilaridan biri bo'lgan Hakimov “Zarafshon-NCZ” darvozabonini naqd uch marotaba ranjitdi!
29TA SARIQ VA 3TA QIZIL KARTOCHKA
9-turning bo'lib o'tgan 7ta bahsida hakamlar futbolchilarga qarata jami 29ta sariq kartochka ko'rsatdi. Shundan 15tasi mezbon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan bo'lsa, qolgan 14tasi mehmonlar hisobiga yozildi. Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 11ta sariq kartochka ko'rsatildi. Ikkinchi taymda sariqlar soni 18tani tashkil etdi.
Ushbu turda eng sariq kartochka bilan siylangan jamoa “Oq-tepa” bo'ldi, 4ta! “Kosonsoy”, “Qo'qon-1912”, “NBU-Osiyo”, Registon” hamda “Zarafshon-NCZ” jamoalaridan bittadan futbolchiga sarik ko'rsatilgan.
Qo'polliklarga boy bo'lgan o'yin deb “Andijon” – “Spartak”ni ko'rsatish mumkin. Sababi uchrashuv bosh hakami Hasan Ro'ziev ushbu bahsda futbolchilarga jami 5ta sariq va 2ta qizil kartochka ko'rsatdi!
Qizil qartochkalar haqida to'xtaladigan bo'lsak, “Andijon” futbolchisi Dilmurod Mahmudov va “Spartak” himoyachisi Shuhrat Musaev uchrashuvdagi ikkinchi sariq kartochkani olib, o'z-o'zidan maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. “Zarafshon-NCZ” a'zosi Aziz Ro'ziqulovga esa bosh hakam to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi.
8442 NAFAR TOMOSHABIN
Uchrashuv nazoratchi hakamlari muxlislar tashrifini qanchalik ko'paytirib yozmasin, baribir bu borada har bir kishining o'z fikri va qarashi mavjud. Bu masalaga ortiqa to'xtalmoqchi emasmiz. Chunki bundan foyda chiqishi mushkul. Agarda naf bo'lganida, bu vaqtga qadar stadionlarimiz to'lgan bo'lar edi.
Darvoqe, 9-turga jami 8442ta tomoshabin tashrifi qayd etilgan. Bu har bir bahsga 1206tadan muxlis demakdir.
Eng kam ishqiboz “NBU-Osiyo” - “Alanga” bahsida kuzatildi, 32ta!
Eng ko'p tomoshabin kirgan o'yin esa “Qo'qon-1912” – “Mashal” bo'ldi, 5101 ta fanat!
Tomoshabinlar mehri kimda qanday?
Istiqlol – Sherdor 0:0. 151 tomoshabin.NBU-Osiyo – Alanga 3:0. 32 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Zarafshon-PFK 4:1. 75 tomoshabin.
Oqtepa – Registon 4:1. 52 tomoshabin.
Andijon – Spartak 3:1. 2214 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Mashal 1:1. 5101 tomoshabin.
Kosonsoy – Xorazm 1:0. 817 tomoshabin.
IKKINCHI BOSQICH 9-TURDAN KEYINGI VAZIYAT
1 | MASH'AL (Muborak) | 23 | 18 | 3 | 2 | 58-13 | 57 |
2 | ANDIJON (Andijon) | 23 | 18 | 2 | 3 | 59-18 | 56 |
3 | ZARAFSHON-PFK (Navoiy) | 23 | 13 | 4 | 6 | 39-29 | 43 |
4 | QO'QON-1912 (Qo'qon) | 23 | 13 | 4 | 6 | 33-23 | 43 |
5 | SPARTAK (Buxoro) | 23 | 11 | 3 | 9 | 40-31 | 36 |
6 | NBU-Osiyo (Toshkent) | 23 | 10 | 3 | 10 | 30-29 | 33 |
7 | CHUST-PAXTAKOR (Chust) | 22 | 10 | 3 | 9 | 30-32 | 33 |
8 | OQTEPA (Toshkent) | 23 | 9 | 5 | 9 | 34-37 | 32 |
9 | XORAZM (Urganch) | 23 | 9 | 4 | 10 | 29-27 | 31 |
10 | ISTIQLOL (Toshkent) | 23 | 7 | 6 | 10 | 24-33 | 27 |
11 | SHERDOR (Samarqand) | 23 | 8 | 3 | 12 | 26-37 | 27 |
12 | REGISTON (Samarqand) | 23 | 8 | 3 | 12 | 23-44 | 27 |
13 | KOSONSOY (Kosonsoy) | 23 | 7 | 4 | 12 | 23-36 | 25 |
14 | PAXTAKOR-2 (Toshkent) | 23 | 6 | 2 | 15 | 25-46 | 20 |
15 | ALANGA (Koson) | 23 | 5 | 2 | 16 | 21-43 | 17 |
16 | OROL (Nukus) | 22 | 4 | 3 | 15 | 23-39 | 15 |
To'purarlar: Firdavs Asadov (Spartak) – 19, Zohir Qo'ziboev (Mashal) - 15, Nizom Norov (Chust-Paxtakor), Murod Bobojonov (Xorazm) - 14, Lochin Soliev (Andijon), Jamshid Hasanov (Mashal), Xusniddin G'ofurov (NBU-Osiyo) – 13.
BUGUN UCHRASHADILAR
10-turning markaziy o'yini so'zsiz, Andijonda bo'lib o'tadi. “Andijon” – “Mashal” bu safar vodiyda o'zaro hisob kitob qiladi. Bu jamoalarning Muborakda kechgan bahsida 2:1 hisobida vohaliklarning qo'li baland kelgandi. Ko'ramiz, bu safar qanday natija qayd etilar ekan.
Shuningdek o'tgan turda Chustga bora olmagan “Orol” bu gal “Kosonsoy” bilan o'ynash uchun, safarga chiqgani haqida ma'lumotlar bor. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday tus olar ekan.
10-tur. 26 sentyabr (payshanba)
Istiqlol - Alanga
NBU-Osiyo - Sherdor
Paxtakor-2 - Registon
Oq-tepa - Zarafshon-NCZ
Andijon - Mashal
Qo'qon-1912 - Spartak
Kosonsoy - Orol
Chust-Paxtakor - Xorazm
Islombek Rustambekov tayyorladi.