Birinchi liga. 8-tur statistikasi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2013, 09:36
15-16 sentyabr kunlari birinchi ligada 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Shundan so'ng ikkinchi bosqichning, birinchi davra o'yinlari poyoniga etdi. E'tiboringizga ortda qolgan tur statistikasini taqdim etamiz.

MEHMONLAR UCHUN OMADLI O'TGAN TUR

Aytish kerakki, 7-tur o'yinlari mehmon jamoalar uchun birmuncha omadli kechdi. Boisi “Qo'qon- va “Paxtakor- dan tashqari qolgan barcha safarda to'p surgan jamoalar safardan quruq qaytmadi. O'tkazilgan 8ta o'yinning 2tasida mezbonlar g'alaba qozongan bo'lsa, 4ta o'yinda tomonlar durangga imzo chekishdi va yana 2ta bahsda esa mehmonlar zafar quchdi.

Zarafshon-PFK – Paxtakor-2 – 3:1.

Mazkur o'yinda maydon egalari favorit edi. Lekin shunga qaramay, Ilhom Mo'minjonov boshqaruvidagi “Paxtakor- ham shu kuni safardan ochko olib qyetish niyatida astoydil harakat qildi. Birinchi bo'lib pealtidan hisobni ochgan navoiyliklar oradan hech qancha vaqt o'tmay, o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Ammo yosh “sherlar”ning durangi uzoqqa cho'zilmadi va yakunda baribir tajriba va mahorat o'z so'zini aytdi.

Registon – Oq-tepa – 1:1.

Aslida “Oq-tepa” shu kuni safardan bir ochko bilan emas, balki uch ochko bilan qaytishlari mumkin edi. Lekin poytaxtliklarga so'nggi daqiqalar xiyonat qildi. Bu toshkentlik futbolchilarga juda ham alam qilgan bo'lsa ajab emas. Chunki 90+3-daqiqada penaltidan gol o'tkazib yuborib, tayyor g'alabani qo'ldan chiqarish har qanday jamoaga ruhan o'z ta’sirini o'tkazmasdan qolmaydi.

Spartak – Andijon – 1:2.

Bu yilgi mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan “Spartak” yetakchi klublar qarshisida hech narsa qila olmayapti. Bu bizningcha, buxoroliklarning birinchi ligada debyutant ekanligidan bo'lsa kerak. Har xolda tajriba baribir kam. Mazkur o'yinning birinchi taymi 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Ammo ikkinchi bo'limda mezbonlar bir kishi ko'p bo'lib o'ynagan bo'lishlariga qaramay, baribir ular hech bo'lmasa durangni ushlab qola bilmadi.

Mashal – Qo'qon-1912 – 3:0.

Muborakliklar bu galgi raqibini bizningcha u qadar katta qiyinchiliklarsiz engdi. Qaysidir manoda bellashuvning taqdiri birinchi bo'limdayoq hal etib bo'lingandi. Ko'ramiz, bugun “Qo'qon- o'z maydonida revansh oladimikin...

Xorazm – Kosonsoy – 1:1.

Mansur Davletov boshqaruvidagi “Xorazm”ning oxirgi turlarda qayd etgan natijalari ijobiy ko'rinish olgandi. Ammo bu muvaffaqiyatlar jamoaning yosh futbolchilariga o'z ta’sirini o'tkazgan ko'rinadi. Chunki ular “Kosonsoy”ni ham bemalol yuta olamiz qabiladagi fikr bilan maydonga tushgan ko'rinadi. Garchi urganchliklar birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lsada, mehmonlar ikkinchi bo'limda muvozanatni tiklashga erishdi va uchrashuvda durang qayd etildi.

Orol – Chust-Paxtakor – 1:2.

Moliyaviy muammolarga yuz tutgan “Orol” ketma-ket qimmatli ochkolarni boy berishda davom etmoqda. Nukusliklar bu o'yinda dastlab, g'alabani, keyinchalik esa durangni ham qo'ldan chiqardi. Chustliklarning to'purar hujumchisi Nizom Norovning dubli, uzoq yo'l bosib o'yinga eti borgan Xayrulla Abdiev jamoasiga uch ochko keltirdi.

Sherdor – Istiqlol – 0:0.

“Sherdor”ning ikkinchi bosqichdagi ishtirokini sira tushunib bo'lmayapti. Bungacha jamoa 5ta o'yinda imkoniyatni boy berib, 2ta safar uchrashuvida g'alaba qozongandi. 8-turga kelib esa o'zi singari bu yil birinchi ligadi debyut mavsumini o'tkazayotgan “Istiqlol” bilan nursiz durangga imzo chekdi.

Alanga – NBU-Osiyo – 0:0.

Kosonning “Alanga” jamoasi ham bunga qadar 6ta mag'lubiyat va 1ta g'alaba qozongandi. Uning mazkur turdagi raqibi “NBU-Osiyo”ning ham ikkinchi bosqichdagi ishtirokiga yuqori baho bera olmaymiz.

17TA GOL. 6TA PENALTI...

8-turda bo'lib o'tgan jami 8ta o'yinda hammasi bo'lib, 17ta gol qayd etildi. Bu har bir bahsga o'rtacha 2,125tadan gol demakdir! Gollarning 10tasi birinchi bo'limda kiritilgan bo'lsa, qolgan 7ta to'p ikkinchi taymda yuz berdi. Shuningdek mezbonlar kiritgan gollar soni ham 10ta bo'ldi. Tabiiyki qolgan 7ta to'p mehmon jamoalar hisobiga yozilgan.

8-turning eng tezkor goli, 6-daqiqaga to'g'ri keldi. “Zarafshon-NCZ”ning yetakchisi Ulug'bek Izbosarov ushbu daqiqada “Paxtakor- darvozasiga penaltidan to'p kiritgan!

Turning eng so'nggi golini esa, “Registon” a'zosi Mirzohid Ahmedov kiritdi. Uning 90+3-daqiqada “Oq-tepa” darvozasiga kiritgan to'pi, yakunda jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shuningdek ushbu turda hakamlar jami darvozalar tomon 6 bor penalti belgilashga qaror qildi. E'tiborlisi, ularning barchasi futbolchilar tomonidan aniq amalga oshirildi! Ulug'bek Izbosarov (“Zarafshon-NCZ”), Nizom Norov (“Chust-Paxtakor”), Suhrob Qobilov (“Spartak”), Mirzohid Ahmedov (“Registon”), Islom Seytnazarov (“Orol”) hamda Jahongir Abdumo'minov (“Mashal”) nuqtadan adashmadi.

Ortda qolgan turda birgina Nizom Norov dublga erishgan futbolchisi sifatida qayd etildi.

Turning yagona avtogoli, “Spartak” “Andijon” to'qnashuvida kuzatildi. Buxoroliklarning yosh yarim himoyachisi Narimon Hasanov birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida o'z darvozasiga to'p kiritib yuborigani, o'yin qaydnomasida ko'rsatilgan!

42TA SARIQ VA 2TA QIZIL KARTOCHKA

Mazkur turda hakamlar futbolchilarni ayab o'tirmadi. Boisi o'tkazilgan jami 8ta o'yinda, adolat posbonlari cho'ntagidan 42 bor sariq kartochka chiqarishga majbur bo'ldi! Bu har uchrashuvga o'rtacha miqdorda 5,25tadan sariq demakdir!

Ushbu turda eng sariq kartochka “NBU-Osiyo” futbolchilariga nisbatan ko'rsatildi, 5ta!

Chempionat peshqadami “Mashal” esa bahsni hech qanday kartochkalarsiz o'tkazib, bu borada boshqalarga o'rnak bo'ldi.

Qayd etilgan sariq kartochkalarning 20tasi birinchi bo'limda sodir bo'ldi. Qolgan 22tasi esa futbolchilarga ikkinchi taymda ko'rsatilgan.

HAR BIR BAHSGA 701DAN MUXLIS

Tomoshabinlar tashrifi borasida bu safar ortiqcha to'xtalib o'tishni jliz topmadik.

8-turda bo'lib o'tgan o'yinlarning har biriga o'rtacha 701,25tadan muxlis kirgani o'yin qaydnomasida ko'rsatilgan. Umumiy aytganda, 8ta uchrashuvga 5610 nafar ishqiboz tashrif buyurgan. Albatta bu maqtagulik darajada emas!

Muxlislar tashrifi kimda qanday?

Zarafshon-PFK – Paxtakor-2. Navoiy. 3242 tomoshabin.

Registon – Oq-tepa.Samarqand. 84 tomoshabin.

Spartak – Andijon. Buxoro. 265 tomoshabin.
Mashal – Qo'qon-1912. Muborak. 316 tomoshabin.

Xorazm – Kosonsoy. Urganch. 1115 tomoshabin.

Orol – Chust-Paxtakor. Nukus. 173 tomoshabin.

Sherdor– Istiqlol. Samarqand. 318 tomoshabin.

Alanga – NBU-Osiyo. Koson. 97 tomoshabin.

IKKINCHI BOSQICH 8-TURDAN KEYINGI MUSOBAQA JADVALI 

 

1

MASH'AL (Muborak)

22

18

2

2

57-12

56

2

ANDIJON (Andijon)

22

17

2

3

56-17

53

3

ZARAFSHON-PFK (Navoiy)

22

13

4

5

38-25

43

4

QO'QON-1912 (Qo'qon)

22

13

3

6

32-22

42

5

SPARTAK (Buxoro)

22

11

3

8

40-29

36

6

CHUST-PAXTAKOR (Chust)

22

10

3

9

30-32

33

7

XORAZM (Urganch)

22

9

4

9

29-26

31

8

NBU-OSIYO (Toshkent)

22

9

3

10

27-29

30

9

OQTEPA (Toshkent)

22

8

5

9

30-36

28

10

REGISTON (Samarqand)

22

8

3

11

22-40

27

11

ISTIQLOL (Toshkent)

22

7

5

10

24-33

26

12

SHERDOR (Samarqand)

22

8

2

12

26-37

26

13

KOSONSOY (Kosonsoy)

22

6

4

12

22-36

22

14

ALANGA (Koson)

22

5

2

15

21-40

17

15

PAXTAKOR-2 (Toshkent)

22

5

2

15

21-45

17

16

OROL (Nukus)

22

4

3

15

23-39

15

To'purarlar: Firdavs Asadov (Spartak) – 19, Zohir Qo'ziboev (Mashal), Nizom Norov (Chust-Paxtakor), Murod Bobojonov (Xorazm) – 14.

BUGUN UCHRASHADILAR

Bugun ikkinchi bosqichning ikkinchi davra o'yinlariga start beriladi. Ko'ramiz, yetakchilarning javob bahsida kimning qo'li baland kelar ekan...

9-tur. 23 sentyabr (dushanba)
Istiqlol - Sherdor
NBU-Osiyo - Alanga
Paxtakor-2 - Zarafshon-NCZ
Oq-tepa - Registon
Andijon - Spartak
Qo'qon-1912 - Mashal
Kosonsoy - Xorazm
Chust-Paxtakor - Orol

Islombek Rustambekov tayyorladi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia