“ZARAFSHON-PFK” REVANSH OLDI YOHUD “OROL”NING BIRINCHI G'ALABASI
Ortda qolgan turda ham rejadagidek 8ta o'yin bo'lib o'tdi. Undan 6tasida mezbon jamoalar muvaffaqiyat qozongan bo'lsa, safarda g'alabaga erishgan jamoa birgina “Qo'qon-1912” bo'ldi. Qolgan yana bir o'yinda esa tomonlar nursiz durangga imzo chekdi.
Moliyaviy muammolarga yuz tutgan Nukusning “Orol” jamoasi nihoyat 11-turga kelib, mavsumdagi ilk g'alabasini nishonladi. Ushbu g'alabadan so'ng jamoa tepasidagi qora bulutlar tark etgan bo'lsa ajab emas.
Oliy liga yo'llanmasi uchvn kurashayotgan “Andijon” payshanba oqshomida “Zarafshon-PFK” mehmoni bo'ldi va chempionatdagi navbatdagi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Ushbu jamoalarning dastlabki o'yinida “burgutlar” yirik (7:0) hisobida g'alaba qozongandi. Ushbu qaxshatqich zarbadan navoiyliklar kerakli xulosa chiqargan ko'rinadi, ular o'z maydonida qanday bo'lmasin “Andijon” mag'lubiyatga uchratishni maqsad qilgan ko'rinadi. Bu andijonliklarning chempionatdagi 5-mag'lubiyati bo'ldi.
Ikkinchi bosqichning birinchi davrasida “Chust-Paxtakor”dan mag'lubiyatga uchragan “Mashal” ham bu safar “tishini” qayrab turgan shekilli, o'zaro javob o'yinida yirik g'alabaga erishdi.
33TA SARIQ VA 5TA QIZIL KARTOCHKA
Ortda qolgan 11-turda hakamlar jami 33ta sariq va 5ta qizil kartochkani o'z cho'ntagidan chiqarishga majbur bo'ldi.
33ta sariqdan 19tasi mezbon jamoalar hisobiga yozilgan bo'lsa, mehmon futbolchilar tomon 14 bor sariq kartochka ko'rsatildi.
Uchrashuvlarning birinchi bo'limida ko'rsatilgan sariq kartochkalar soni 12tani tashkil etgan bo'lsa, ikkinchi taymda ko'polliklar uchun yana 21ta sariq kartochka ko'rsatilgan.
“Qo'qon-1912”, “Sherdor” va “Oq-tepa” jamoalarining futbolchilari 11-turda birorta ham kartochka olmagani e'tiborga molikdir. Demak bu jamoalar boshqalarga bu borada o'rnak bo'ldi deyish mumkin.
Turning eng qo'pol jamoasi Toshkentning “Istiqlol” jamoasi bo'ldi. Sababi “Xorazm” – “Istiqlol” bahsida bosh hakam toshkentliklar tomon qarata 4ta sariq va 3ta qizil kartochka ko'rsatishga jazm etgan!
Ortda qolgan tur o'yinlarida jami 5ta qizil kartochka qayd etildi. Nodir Sadullaev, Shohid Tillaboev, Otabek Xoldarov (“Istiqlol”), Husan Orziqulov (“Registon”) va Adham Normuhammedov hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.
25TA GOL. 2TA DUBL. 1TA PENALTI
Bo'lib o'tgan 8ta o'yinda gollar soni jami 25tani tashkil etdi. O'rtacha har bir bahsga 3,125tadan gol demakdir.
Stadionga tashrif buyurgan muxlislar birinchi taymda 12ta golga guvoh bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa yana 13ta gol kiritildi.
11-turning eng tezkor goli, 4-daqiqaga to'g'ri keldi. “Registon” yetakchisi Jonimbek Qoraev ushbu daqiqada “Qo'qon-1912” darvozasini penaltidan aniq nishonga oldi.
Turning eng so'nggi goli 90+3-daqiqada kiritildi. Bundan “Kosonsoy” jamoasi jabr ko'rdi. Boisi “Spartak”ning to'purar hujumchisi Islombek Isoqjonov hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi.
Ushbu turda eng ko'p golni “Mashal” futbolchilari kiritdi. “Chust-Paxtakor”ga qarshi kechgan bahsda muborakliklar javobsiz 5ta to'p kiritdi.
“Xorazm”ning 19 yoshli hujumchisi Murod Bobojonov “Istiqlol” darvozasini ikki bor aniq nishonga olib, dublga erishdi.
Shuningdek “Qo'qon-1912” yarim himoyachisi Rustam Abduhamidov ham ikkita gol kiritib, jamoasining g'alabasiga sezilarli hissa qo'shdi.
11-turda atiga bitta penalti belgilandi. Qo'qonliklar darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik nuqtadan “Registon” a'zosi Jonimbek Qoraev adashmadi.
7660 NAFAR TOMOSHABIN
Bo'lib o'tgan 8ta o'yinni 7660ta tomoshabin bevosita stadionda kuzatgani o'yinlar qaydnomasida ko'rsatilgan. Bu har bahsga o'rtacha 957,5 nafar ishqiboz demakdir.
Eng ko'p muxlis tashrifi Zarafshon-PFK – Andijon bahsida kuzatildi.
“Spartak” – “Kosonsoy” o'yiniga esa atiga 64ta tomoshabin kirgan.
Muxlislar tashrifi kimda qanday?
Xorazm – Istiklol. Urganch. 719 tomoshabin.
Orol – NBU-Osiyo. Nukus. 1251 tomoshabin.
Zarafshon-PFK – Andijon. Navoiy. 3256 tomoshabin.
Registon – Qo'qon-1912. Samarqand. 151 tomoshabin.
Spartak – Kosonsoy. Buxoro. 64 tomoshabin.
Mashal - Chust-Paxtakor. Muborak. 1885 tomoshabin.
Sherdor – Paxtakor-2. Samarqand. 147 tomoshabin.
Alanga – Oq-tepa. Koson. 187 tomoshabin.
12-TURDA UCHRASHADILAR
6 oktyabr (yakshanba)
15:00. Orol - Istiqlol
16:30. Xorazm - NBU-Osiyo
16:00. Registon - Andijon
16:00. Zarafshon-PFK - Qo'qon-1912
17:00. Mashal - Kosonsoy
16:30. Spartak - Chust-Paxtakor
7 oktyabr (dushanba)
Alanga - Paxtakor-2
Sherdor - Oq-tepa
Islombek Rustambekov tayyorladi