Bilasizmi? "Neftchi"ning g'alabasiz seriyasi 13taga etdi

Narzulla Saydullayev
11 may 2014, 09:09
Farg'onaning "Neftchi" klubi bu yilgi mavsumni juda yomon boshladi.
O'zbekistonning 5 karra chempioni dastlabki 7 turda umuman g'alabaga erishgani yo'q (3 durang va 4 mag'lubiyat).

2013 yilgi mavsumning oxirgi 6 o'yinida "Neftchi" g'alaba qozona olmagan ekan. Jamoaning oliy ligadagi eng so'nggi g'alabasi o'tgan yilning 28 sentyabr kuni "Qizilqum"ga qarshi bahsda qo'lga kiritilgan (2:0). Shundan buyon Farg'onaning bosh jamoasi oliy ligada hech bir jamoani taslim qila olmayapti.

"Neftchi" 16 may kuni o'z maydonida "Olmaliq"ni qabul qiladi. Bu o'yinda qanday natija qayd etilarkin?

2013 yil
"Nasaf" - "Neftchi" 2:0
"Neftchi" - "So'g'diyona" 0:2
"Lokomotiv" - "Neftchi" 3:1
"Neftchi" - "Paxtakor" 0:3
"Metallurg" - "Neftchi" 0:0
"Dinamo" - "Neftchi" 2:0

2014 yil
"Buxoro" - "Neftchi" 1:0
"Neftchi" - "Paxtakor" 1:2
"Navbahor" - "Neftchi" 1:1
"Neftchi" - "Qizilqum" 0:0
"Nasaf" - "Neftchi" 2:1
"Neftchi" - "Mashal" 0:0
"Metallurg" - "Neftchi" 2:1
"Neftchi" - "Olmaliq" ?-?

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia