Beylning agenti mish-mishlarga yakun yasadi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2019, 23:16
Fransiyalik mutaxassis Zayniddin Zidanning “Real” boshqaruviga qaytganidan so'ng, Garet Beylning agenti Jonatan Barnett futbolchining kelajagiga aniqlik kiritdi.

“Beyl Madridda qancha xohlasa, shuncha o'ynaydi. Zidanning qaytishi? Voqealar rivojini kuzatib boramiz.” – deydi uelslik futbolchining agenti.

29 yoshli yarimhimoyachi ushbu mavsum “Real” safida 34ta bahsda ishtirok etib, 13ta gol va 5ta asistni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Beylning jamoa bilan shartnomasi esa 2022 yilning yozida o'z poyoniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN