Beyl MLSga ketadimi? Agenti bunga javob berdi

Alisher
9 yanv 2020, 18:45
"Real" hujumchisi Garet Beyl jamoadan ketishni istamayapti.

Oldinroq, uelslik futbolchining MLSga yo'l olishi haqida ma'lumotlar chiqqan edi.

Futbolchining agenti Jonatan Barnettning so'zlariga ko'ra, Beylning AQSHga yo'l olish ehtimoli kam. O'yinchining o'zi shartnoma muddatining so'nggiga qadar Madrid jamoasida o'ynamoqda.

Beylning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'yinchi joriy mavsum La Ligada 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN