Beyl jarohat olish bo'yicha o'z rekordini yangiladi

6 dek 2019, 22:57
Madridning "Real" klubi hujumchisi Garet Beyl yana shifoxonaga tushib qoldi.

Uelslik forvard "Real" safida 25 bor jarohatlandi, u aynan jarohatlar sabab madridliklar uchun 90 uchrashuvni o'tkazib yuborgan. Shu tariqa Beyl o'zining shaxsiy rekordini yangiladi.

U "Tottenxem"da o'ynab yurgan kezlari 24 marta jarohatga yo'liqqandi. Eslatib o'tamiz, Beyl "shporlar" jamoasi sharafini 6 yil mobaynida himoya qilgan va "qirollik klubi"ga yo'l olgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports