

Turkiyaliklar gollandiyalik vingerga juda katta maosh taklif qilishgan. Lekin Robben "Bavariya"dan ketmoqchi emasligini bildirgan.
"Men tomonimga bo'layotgan qiziqishlar, takliflarga hurmatim baland. Ammo hozir hech qanday taklif meni qiziqtirmaydi", - deydi Robben.
Eslatib o'tamiz, Robbenning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilga qadar mo'ljallangan.
Klub Robbenga yangi shartnoma taklif qilishi kutilmoqda.



