​“Beshiktosh” Pepening ketayotganligini tasdiqladi

18 dek 2018, 08:35
“Beshiktosh” klubi Pepe bilan shartnomaning bekor qilinganini rasman taqdiqladi.

Futbolchi va klubi 2019 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomani muddatidan avval bekor qilishga kelishib olgan. Klub futbolchiga minnatdorchilik bildirib, uning kelajakdagi faoliyatiga omad tiladi.
Ma'lumot uchun, Pepe turk klubi safida 2017 yilda kelgan edi. U joriy mavsum Turkiya oliy ligasida 10 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Бешиктош” расмий сайти