Millatlar Ligasi musobaqasining eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan Silva Niderlandiyaga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Juda xursandman. Faxrdaman. Bu mening terma jamoa bilan qo'lga kiritgan ilk sovrinim. Ushbu mavsumni shunday fantastik insonlar bilan birga yakunlaganimdan mamnunman. Endi kelasi mavsumda yanada yaxshi o'ynash uchun, dam olish kerak”,-deydi Silva.