

"Men haqiqatdan ham hayotimdagi juda ham hurmatga sazovor inson haqida gapiryapman. Bu haqda ko'p gapiraman, yana bir bor aytaman, u menga nafaqat murabbiy, balki katta aka. U bilan munosabatlarimiz a'lo darajada. Shuning uchun ham murabbiyimizning bugungi kundagi muvaffaqiyatidan xursandman. Zidan bilan "Real"da ko'proq ishlashni istardim. Uni jamoada qolgani yaxshi bo'ldi. Hali u, huddi buyuk futbolchi bo'lganidek, buyuk murabbiy bo'lishini isbotlaydi", - deydi Benzema.



