Benzema: "Anchelotti mening ustozim ekanligidan xursandman"

Sherzod Nurmatov
26 avg 2022, 19:33
Kecha "Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema UEFA tomonidan 2021/2022 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.

Futbolchining fikricha, shaxsan uning uchun Chempionlar Ligasining PSJga qarshi javob uchrashuvi mavsumdagi eng yaxshisi bo'ldi.

"O'shanda muxlislarimiz o'zlarini fantastik tarzda ko'rsatishdi va natijaga erishishimizda yordam berishdi. Anchelotti – dunyoning eng yaxshi murabbiyi, katta professional. Bu inson menga ishonch bag'ishlaydi. U mening ustozim ekanligidan xursandman.

Ayni paytda juda baxtiyorman. Bu sovrinni birinchi marta olishim, lekin men uchun eng muhimi – jamoam bilan sovrinlarni yutish", – dedi fransiyalik forvard.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS