Belotti uchun barcha da'vogar klublar nomi ma'lum

Alisher
13 apr 2021, 18:24
"Torino" forvardiga Yevropaning 6 klubi da'vogarlik qilmoqda.

Futbolchiga Italiyadan "Milan", "Roma" va "Napoli", Angliyadan "Everton" va "Chelsi", Ispaniyadan esa Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

Belottining "Torino" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Futbolchi "buqalar" bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti, shu sabab u Turindan bir necha oydan so'ng ketishi mumkin.

27 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport