Bellingem "Real"da Ronaldudan ham yaxshi start oldi

Mirjalol Normatov
8 okt 2023, 11:31
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoasi uchun dastlabki 10 o'yinda gol+pas timizida 10+3 ochko to'pladi.

Shu orqali futbolchi "Real"da Krishtianu Ronaldudan ham yaxshiroq start oldi. Portugaliyalik futbolchi "Real"dagi ilk 10 o'yinida 10+1 natija qayd etgandi.

Kecha futbolchi LaLiganing 9-turi doirasida "Osasuna" darvozasiga ikki gol kiritdi. U yozda "Borussiya" D klubidan 103 mln evro evaziga sotib olingan va "Real" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA