Bellingem mashg'ulotni muddatidan avval yakunlashga majbur bo'ldi

Mirjalol Normatov
1 dek 2023
"Real" futbolchisi Jud Bellingem jamoasining mashg'ulotini muddatidan avval yakunladi.

Aslida u jamoasining bugungi mashg'ulotida shunchaki yugurish uchun chiqqandi, biroq oradan 5 daqiqa o'tib, murabbiylar bilan kelishgan holda mashg'ulotni tark etdi.

As xabariga ko'ra, bu Judning elkasidagi jarohati bilan bog'liq emas, uning oyoq mushaklarida muammolari bor.

"Ertaga u o'ynaydi, barchasi joyida. Jud kichik noqulaylik his qildi. Shu sababli uni kontaktli jarayonlarda ishtirok etmasligini istadik. Ertaga unda barchasi joyida bo'ladi va maydonga tushadi", - dedi Karlo Anchelotti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia