Bekxem tug'ilgan kunida "instagram"da sahifa ochdi va bir necha soat ichida 1,4 mln. o'quvchiga ega bo'ldi

Aslanov Jasurbek
2 may 2015, 17:45
"Manchester Yunayted", "Real" va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem bugun 40 yoshni qarshi olishi munosabati bilan "Instagram"da o'z sahifasini ochdi.
Sahifa 6 soat ichida 1,4 mln. o'quvchiga ega bo'ldi. Bekxem barchaga minnatdorchilik bildirib, tug'ilgan kunini oilasi va do'stlari davrasida o'tkazishini ma'lum qildi. Sobiq futbolchi va uning yaqinlari Marokashdagi villada yig'ilishadi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com