“Bayer” hujumchisi “Monako”ga o'tadi

28 avg 2020, 09:50
Kevin Folland faoliyatini Liga 1 da davom ettiradi.

“Monako” klubi “Bayer” hujumchisi Kevin Folland transferini yakunlash arafasida turibdi. Folland transferi uchun monegasklar nemis klubiga 25 mln evro to'laydi.

28 yoshli hujumchi transferi tez orada rasman e'lon qilishi kutilmoqda.

Folland o'tgan mavsum Bundesliga doirasida 27 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild