Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
26 apr 2014
"Navbahor" - "So'g'diyona" (4:2) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining birinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin qiyin bo'lishi ma'lum edi, sababi "So'g'diyona" so'nggi o'yinlarda ko'p ochko yo'qotgandi. Shu sababli ham bor kuchlari bilan o'ynashlari aniq edi. Futbol faqat hujumlardan iborat emas, 90 daqiqa hujum qilish mumkin emas. Shu bois muxlislarimizdan bizni to'g'ri tushunishlarini so'rayman. "So'g'diyona"dagi vaziyatni juda yaxshi bilaman, Fayziev bilan gaplashib turamiz", - deb gap boshladi Ashurmatov.

"Bugun birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Ikkinchi bo'limda gollar urib g'alaba qozondik. Bugungi g'alaba bilan rahbariyatni, futbolchilarni va muxlislarni tabriklayman".

"Mansur Saidovni o'rniga hujumchi tushurdim, sababi bizga gol kerak edi. Ikki hujumchi taktikasi bilan o'ynay boshladik va gollar urdik".

"Ikkita gol o'tkazib yubordikmi, demak xatolar bo'ldi. Futbol xatosiz bo'lmaydi. Darvozabon va himoyachilarga tanbeh berish emas ularni qo'llash kerak".

"Shaxboz Erkinov har bir o'yinda vaziyatlar bo'layotgandi, faqat gol ura olmayotgandi. Bugun nihoyat o'zining imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Ushbu holat unga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Muxlislardan uni keyingi o'yinlarda ham qo'llab turishlarini so'rayman", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia