

Yangi mavsum boshlanishiga to'rt hafta qolganida Bundesliga jamoasining uy va safar uchrashuvlari uchun belgilangan barcha chiptalari muxlislar tomonidan xarid qilib bo'lindi.
Qolaversa, Germaniya superkubogi uchun “Bavariya” va “Borussiya” D klublari ishtirokida uchrashuvi chiptalari uchun klubga 210 mingta murojaat kelib tushgan. Superkubok bellashuvi o'tkaziladigan “Signal Iduna Park” esa o'z bag'riga 75 ming muxlisni sig'dira oladi.



