“Bavariya” Kroosga yaxshigina shartlar taklif qilib, uni olib qolmoqchi bo'lgan

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2014, 16:53
“Bavariya” murabbiylar shtabi va rahbariyati jamoada Toni Kroosni olib qolish uchun ko'p harakat qilgan.
Klub Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisiga juda ham yaxshi moliyaviy shartnoma taklif qilgan, ammo futbolchi o'z klubini almashtirishga jiddiy kirishgan edi va o'z qarorini o'zgartirmadi. Kroosning fikricha, “Bavariya” uning jamoaga qo'shgan hissasini baholamagan. Klub unga o'zi xohlagandan ham yaxshiroq taklif bilan murojaat etdi, lekin u ko'nmadi.

Eslatib o'tamiz, Madridning “Real” klubi “Bavariya” bilan Toni Kroosni transferini kelishib bo'lgan, transfer miqdori 25 million evro.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com