Bavariya futbolchisi Barselonaga o'tmoqda

Khoja
8 avg 2024, 09:52
Bavariya yarim himoyachisi Kingsli Koman faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga yaqin.

Fransiyalik futbolchi ijaraga asosida Barselona klubiga o'tmoqda. Kataloniyaliklar Niko Uilyamsni qo'lga kirita olmaganidan so'ng Komanni ijaraga olishga qaror qilishgan.

Ma'lumot uchun, Koman o'tgan mavsumning katta qismini jarohatlar sababli o'tkazib yubordi. U barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Uning Bavariya bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, futbolchining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com