Bartra: "Messi, Neymar va Suares bir-birini yaxshi tushunishini isbotladi"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2015
"Barselona" himoyachisi Mark Bartra jamoadagi ichki atmosfera juda yaxshi ekanligi haqida ta'kidladi.

"O'ylashimcha, bu yil ular bir-birlarini yaxshi tushunishini isbotladi. Agar sen maydon tashqarisida kim bilan do'st bo'lsan, bu o'yin paytida bilinadi. Bu uch futbolchining bari juda ajoyib o'yinchilar. O'tgan mavsumda eng yaxshi Messini ko'rdik. U Neymar bilan bir-birini juda yaxshi tushundi va bizga sovrinlar olib kelishdi. Bu davom etadi degan umiddaman" - deydi Bartra.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com