

Kataloniya klubi 26 yoshli germaniyalik futbolchini keyingi yozda sotib olmoqchi, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo.
Klub yozda Chelsiga o'tib ketgan Pedro Rodrigesning o'rniga Roysni olib kelmoqchi. Roys Mark-Andre ter Shtegen bilan do'st hisoblanadi, aynan shu jihat ham uning Kataloniyaga o'tishini taminlashi mumkin.
Fevral oyida Roys Dortmund klubi bilan 2019 yilga qadar shartnomani uzaytirdi.



