"Barselona" Viktor Valdesni olib qolishi mumkin

28 mar 2014, 00:15
"Barselona" jamoasi posboni Viktor Valdes "Selta" bilan bo'lgan bahsda jiddiy jarohat olganidan xabaringiz bor.

"Barselona" posboni Viktor Valdesning shu yil yozda klub bilan tuzgan shartnomasi tugaydi. Kecha "Selta" bilan bo'lgan o'yindagi jarohati barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Valdes endilikda o'ziga yangi jamoa topishga qiynalishi tabiiy. Bu masalada Kataloniya klubi o'zining posboniga yordam qilishni bildirdi. Agarda Viktor Valdes o'ziga yangi jamoa topa olmasa, kelgusida yana "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Klub shu tariqa o'z posbonini qo'llab-quvvatlamoqchi.


Manba: sports.ru