“Barselona” va “Bavariya” qiziqish bildirayotgan “Lill” futbolchisi qoyilmaqom natija qayd etmoqda

15 apr 2019, 09:29
Kecha “Lill” PSJni 5:1 hisobida taslim qildi.

“Lill” futbolchisi Nikolya Pepe mazkur o'yinda bitta gol urib, 2 ta golga uzatma berdi. Pepe joriy mavsumda Liga bir doirasida 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 23 yoshli futbolchiga ayni damda “Barselona” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda. Mazkur kurashda myunxenliklarning favorit ekanligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia