"Barselona" tarbiyalanuvchisi "Real"ga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
27 avg 2018, 12:43
Bugungi kunda "Bavariya" safida to'p tepayotgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi Tiago Alkantara ushbu yozda "Real"ga o'tishi mumkin.

Buni "Don Balon" nashri tasdiqladi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 27 yoshli futbolchi transfer oynasi yopilguncha Myunxenni tark etmoqchi.

Tiagoning xizmatlariga "Qirollik klubi" yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi qiziqmoqda. Ushbu mutaxassis Alkantara bilan Ispaniya yoshlar terma jamoasida birga ishlagan. 2013 yilda "qizil furiya" madridliklarning hozirgi ustozi boshchiligida U-21 Yevropa chempionatida g'olib chiqqan. O'shanda Tiago musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan edi.

Alkantara 2013 yildan buyon "Bavariya" safida to'p tepib kelmoqda. Shu vaqt davomida u 154 uchrashuvda ishtirok etdi va 26ta gol urdi.



Yarim himoyachining narxi "transfermarkt.de" saytida 60 million evroga baholangan. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Don Balon