"Barselona" "Real"ga qarshi bahsda maxsus libosdan foydalanadi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2019
Bugun, 2 mart kuni "Barselona" "Santyago Bernabeu"da "Real" mehmoni bo'ladi.

Ushbu uchrashuv LaLiganing 26-tur o'yinlari doirasida o'tkaziladi.

Kataloniya klubi futbolchilari bugungi "El-Klassiko"da maxsus formalarda maydonga tushadi.

Ko'k-anorranglilar 1998-2000 yilda xuddi shu dizayndagi liboslarda o'ynagan.

"Barselona" joriy yil o'zining 120 yilligini nishonlashi sabab, jamoa "Real"ga qarshi ushbu formalardan foydalanishga qaror qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net