"Barselona" qishda "Inter"ning ikki himoyachisini sotib olmoqchi

Alisher
24 okt 2019
"Barselona" qishki transferlar oynasida o'z tarkibiga himoyachilarni qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" "Inter" himoyachilari Stefan de Vrey va Milan Shkrinyarlarni o'z tarkibiga jalb qilmoqchi.

Ispan grandi jamoa himoyachisi Samuel Umtitining doim jarohat olishidan norozi bo'lgan holda uning o'rniga futbolchi qidirmoqda.

Shu bilan birgalikda 3ta frontda kurash olib borayotgan milanliklar bir yo'la ikki himoyachisini mavsumlar oralig'ida qo'yib yuborishlari qiyin masala.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato