"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi, ammo...

Alisher
22 fev 2020, 15:40
"Barselona" "Ayaks" darvozaboni Andre Onanaga qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" zaxiradagi darvozabon Netoning harakatlaridan norozi, shu sabab klub 23 yoshli kamerunlik darvozabonga e'tibor qaratmoqda.

"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu "Oltin to'p" taqdirlash marosimida Onana bilan gaplashgan edi.

Ammo, posbon uchun kurashda "Chelsi" yetakchilik qilmoqda. Xabar qilinishicha, Onan yozda London klubiga o'tishga rozilik bildirgan.

Eslatib o'tamiz, Onana "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u klub yoshlar tizimida 2010-2015 yillar davomida faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport