Barselona: Koutino bo'lmasa Dele Alli

Narzulla Saydullayev
11 okt 2017
Barselona nima uchun Tottenxem vakili Dele Alliga qiziqib qolgani ma'lum bo'ldi.

Kataloniyaliklar Liverpul vakili Filippe Koutinoni sotib olishni uddasidan chiqishmasa 21 yoshli Angliya terma jamoasi a'zosini xarid qilishmoqchi.

O'tgan yozda Koutino uchun 120 million evro taklif qilingandi, ammo mersisaydliklar 200 talab qilishdi. Alli esa undan arzonroq turadi.

Ayni paytda Alli Tottenxemda haftasiga 55 ming evro maosh olmoqda. Klub unning maoshini 90 mingga ko'tarmoqchi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sport.es