“Barselona” 400 mln evro uchun “Kamp Nou” nomini o'zgartirmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 okt 2017, 23:41
Kataloniya klubi rahbariyati rekord darajadagi homiylik shartnomasi imzolashga yaqin turibdi.

Gap shundaki, tez orada “ko'k-anorranglilar”ning uy stadioni hisoblangan “Kamp Nou” arenasining tarixiy nomi o'zgartirilishi mumkin. Kataloniyaning TV3 telekanali bergan ma'lumotga ko'ra, “Barselona” Grifols farmacevtik kompaniyasi bilan rekord darajadagi homiylik shartnomasini imzolaydi.

Kelishuvga ko'ra, “Kamp Nou” ushbu kompaniya nomiga o'zgartiriladi. Shartnoma summasi 400 mln evroga teng bo'ladi va 30 yil davomida “Barselona”ning uy stadioni Grifols nomi bilan ataladi. Bu mablag' evaziga stadion sig'imi 105 000 tomoshabinga etkaziladi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif