

Chap sonidagi jarohat tufayli 24 yoshli hujumchi taxminan 3 haftaga safdan chiqdi. Agar barchasi reja bo'yicha ketsa Alkaser 7 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Levante bilan o'yinda safga qaytadi.
Shu tariqa, forvard shanba kungi Real bilan o'yinni va 4 yanvar kuni Ispaniya kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan Seltaga aqrshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.




