"Barselona" Grizmannga Suares bilan bir xil maosh berishga tayyor

Tolibjon Qosimov
9 yanv 2018, 19:36
"Barselona" klubi "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann uchun ajoyib taklif tayyorlamoqda.

"Cadena Ser"ning xabar berishicha, 26 yoshli francuzga kataloniyaliklar yiliga 15 million evro bilan 5 yillik shartnoma taklif qiladi. "Barsa"da huddi shuncha maoshni Luis Suares oladi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Grizmann "Barselona" taklifini qabul qilishga tayyor. Uning "Atletiko" bilan kelishuvi 2022 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Cadena Ser