"Barselona" Flik bilan muzokaralar o'tkazdi

Alisher
2 mar 2024, 23:06
"Barselona" bosh murabbiylikka Xans-Diter Flik nomzodini jiddiy tarzda ko'rib chiqmoqda.

Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta nemis mutaxassisning imkoniyatlarini juda yuqori baholaydi, boshqaruvchi uni Xaviga qadar ham olib kelishi ham mumkin edi.

Florian Plettenbergning insaydiga ko'ra, "Barselona" va Flik o'rtasida muzokaralar bo'lgan. Laporta va Deku hali yakuniy qarorga kelishmadi, mutaxassis esa "ko'k-anorranglilar" ustozi bo'lishga tayyor.

Xans-Diterning so'nggi ish joyi Germaniya terma jamoasi bo'lgandi, uni Bundestimdan o'tgan yilning kuzida iste'foga chiqarishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal