"Barselona" Depayning transfer ishini tezlashtirmoqda

Mirjalol Normatov
27 sen 2020
"Barselona"dagilar "Lion" forvardi Memfis Depayning transfer ishlarini tezlashtirish niyatida.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, klub rahbarlari ushbu ish qancha tez tugatilsa shuncha yaxshi bo'lishini aytishgan. Chunki Luis Suares "Atletiko"ga o'tganidan keyin joy bo'shab qoldi va murabbiylar shtabi ham ushbu joyning tezroq to'ldiriligini talab qilmoqda.

"Barselona" avvaliga "Inter"dan Lautaro Martinesni sotib olishni rejalashtirgandi. Biroq milanliklar uning transfer narxini pasaytirmadi.

O'tgan mavsumda 26 yoshli Depay 22 o'yinda 15 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo