"Barselona" "Chelsi"ning ikki o'yinchisini ijaraga olmoqchi

Alisher
24 noya 2021, 12:16
"Barselona" qishki transfer oynasida jamoaning hujum imkoniyatini oshirmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" short-listida "Chelsi"ning ikki futbolchisi bor. Kataloniyaliklar Timo Verner va Xakim Ziesh bilan shartnoma imzolashmoqchi.

"Barsa" rahbariyati ikki o'yinchini keyinchalik xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Kataloniya klubi Ansu Fatining doimiy jarohati, shuningdek Serxio Agueroning muammosi sabab hujumda doimiy o'yinchilar yetishmovchiligini his qilmoqda. Niderlandiyalik Lyuk de Yong esa yangi murabbiylar shtabining o'yin koncepciyasiga to'g'ri kelmaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN