"Barselona" Bretueyt bilan xayrlashmoqchi

Mirjalol Normatov
23 noya 2020
"Barselona" rahbariyati hujumchi Martin Bretueyt bilan shartnomani bekor qilmoqchi.

"Marca" xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Leganes" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Klub futbolchini qishki transferlar oynasi vaqtida ijaraga olishga tayyor. Chunki ayni damda forvard "Barselona" rejalariga kirmayapti.

Bretueyt fevral oyida "Leganes"dan "Barselona"ga 18 mln evro evaziga o'tgandi.

Ushbu mavsumda u kataloniyaliklar tarkibida 6 o'yinda qatnashdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca