Barselona Bavariyadan Alkantarani qaytarishi mumkin

Narzulla Saydullayev
15 mar 2017, 09:46
Bavariya yarim himoyachisi Tiago Alkantara klubini o'zgartirishi mumkin.

Sport.es nashri xabariga ko'ra ispaniyalik futbolchi Barselonaga qaytishi mumkin. Kataloniya klubi uni qaytib sotib olmoqchi.

Alkantaraning Bavariya bilan shartnomasi 2019 yil yozida tugaydi. Myunxenliklar uni qo'yib yuborishmoqchi emas. Ammo Barselona muzokara o'tkazmoqchi.

Barsa sport direktori Robert Fernandes futbolchining Arsenal bilan o'yinlardagi harakatlaridan xayratda qolgan.

Alkantara Barselonadan Bavariyaga 2013 yilda ko'chib o'tgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sport.es