

Braziliyalik futbolchi mashg'ulotda kichik jarohat olgan va o'yin kunigacha oyoqqa tura olmadi. Ma'lum bo'lishicha, "Barselona"ning qolgan futbolchilari soppa-sog'.
Ispaniya Superkubogi uchun birinchi uchrashuvda "Atletik" 4:0 hisobida "Barselona"ni enggan edi. Javob uchrashuvi bugun tunda Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.



