"Barselona" - "Atletik": Adriano o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2015, 17:12
"Barselona" himoyachisi Adriano Korrea "Atletik"ka qarshi Ispaniya Superkubogining ikkinchi uchrashuvida Kataloniya klubiga yordam bera olmaydi.

Braziliyalik futbolchi mashg'ulotda kichik jarohat olgan va o'yin kunigacha oyoqqa tura olmadi. Ma'lum bo'lishicha, "Barselona"ning qolgan futbolchilari soppa-sog'.

Ispaniya Superkubogi uchun birinchi uchrashuvda "Atletik" 4:0 hisobida "Barselona"ni enggan edi. Javob uchrashuvi bugun tunda Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com