Barselona 19 yoshli himoyachini sotib oldi va unga Xavining raqamini berdi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2019, 12:02
Barselona Tuluza himoyachisi Jan-Kler Todiboni sotib oldi. Kataloniya klubi 19 yoshli futbolchi bilan 4,5 yillik shartnoma tuzdi.

Francuz yangi klubda 6-raqamda o'ynaydi. Norasmiy manbalarga ko'ra transfer 1-2 million evroga baholanmoqda.

Bu mavsumda Todibo Fransiya chempionatida 10ta o'yinda bitta gol urdi va bitta golli pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com