Bahodir Nasimov Eronning "Fulad" klubida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2014
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov faoliyatini Eron pro-ligasida davom ettiradigan bo'ldi.
Bir necha yillar davomida Bokuning "Neftchi" klubi sharafini himoya qilib kelgan Bahodir yaqinda Eronning amaldagi chempioni hisoblangan "Fulad" klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Bu haqda "Futbol sharhi" ko'rsatuvi boshlovchisi Zafar Imomxo'jaev dastur davomida ma'lumot berdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia