Bahodir Nasimov Eron chempionatida debyut qildi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2014, 21:47
Eron pro-ligasida 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Bahodir Nasimov yaqinda Xurosonning "Padideh" klubi bilan shartnoma tuzgani haqida xabar bergandik.

Ushbu klub 13-turda Tehronning "Naft" klubiga qarshi maydonga tushib 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Nasimov bahsning 64-daqiqasida maydonga tushdi va yangi jamoasi safida debyut qildi. "Padideh" ayni paytda 17 ochko bilan musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda. "Padideh" navbatdagi o'yinni 7 noyabr kuni o'z maydonida "Fulad"ga qarshi o'tkazadi.

"Naft" - "Padideh" 1:0
Gol:
Padovani 36 penalti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia