BAA. Haydarov qizil oldi, Qilichev jamoasi 0:5 hisobida yutqazdi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2014, 09:32
BAA chempionatida 23-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" klubi safarda "Al Nasr"ga mag'lub bo'ldi - 1:2. Hamyurtimiz 83-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi. "Shabab" 42 ochko bilan musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda. "Al Shabab" navbatdagi o'yinni 15 aprel kuni "Klublar o'rtasidagi Fors ko'rfazi chempionati" doirasida Bahraynning "Muharraq" klubiga qarshi safarda o'tkazadi.

"Al Nasr" - "Al Shabab" 2:1
Gollar:
Xabib Fardan 44, I.Ture 79 - Edgar Silva 25.
Chetlatish: I.Ture 83 - A.Haydarov 83

BAA chempionati musobaqa jadvali

Oybek Qilichev faoliyat olib borayotgan "Al Shaab" klubi o'z maydonida "Al Ayn"dan qashqatqich zarba qabul qilib oldi - 0:5. Qilichev bahsda to'liq o'ynadi. "Al Shaab" 23 o'yindan so'ng 11 ochko to'plab musobaqa jadvalining eng so'nggi 14-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi uchrashuvni 27 aprel kuni "Dubay"ga qarshi o'tkazadi.

"Al Shaab" - "Al Ayn" 0:5
Gollar
: Asamoa Gyan 12, 45, 90, Muhammad Abdulrahmon 51, Islom Muhammad 81.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia