BAA-2013. “S” guruhi. Biz keyingi bosqichdamiz!

25 okt 2013, 08:59
BAAda U-17 o'smirlar terma jamoalari ishtirokidagi jahon chempionati o'yinlarining guruh bahslari poyoniga yetib bormoqda.
 Vakillarimiz o'rin olgan “S” guruhida barcha o'yinlar yakunlandi. Marokash U-17 o'smirlar terma jamoasi kecha Panama U-17 o'smirlar terma jamoasini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va guruhda 1-o'rinni egalladi. Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi o'smirlar terma jamoamiz ham payshanba oqshomida guruhdagi so'nggi o'yinini Xorvatiya U-17 o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'tkazib ajoyib g'alabaga erishdi va guruhdagi 2-o'rinni band etib, dastlabki vazifani uddaladi.

Marokash - Panama 4:2 ( 2:1).

24 oktyabr. “Al Sharja” stadioni.

Hakam:  Pavel Kralovec.

Gollar: Bnu Marzuq (31, 40), Hamza Saxiy (49), Achahbar (85) - Vald (21), Zorrilla (88)

1.Marokash        3  2  1  0  7-3  7

2.O'zbekiston    3  2  1  0  4-1  7

3.Xorvatiya        3  1  0  2  3-5  3

4.Panama           3  0  0  3  2-7  0  


Manba: championat.asia