Azmun Shomurodovning jamoadoshiga aylanadimi?

Sherzod Nurmatov
4 noya 2021, 20:30
"Roma" sport direktori Tyagu Pintu Rim klubining "Zenit" hujumchisi Syerdar Azmunga qiziqishi bor-yo'qligiga oydinlik kiritdi.

OAVda "Roma" va "Fiorentina" eronlik futbolchining o'yinini kuzatish uchun skautlar yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Florenciyaliklar ushbu axborotni rad qilishdi.

"Albatta, skautlarimiz muntazam ravishda Chempionlar ligasi bahslarida bo'lishadi. Biroq "Roma" Azmunga qiziqish bildirgani yo'q, bu – feyk", - dedi Pintu.

Azmun joriy mavsumda "Zenit" uchun 16 o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi keyingi yozda tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport24