Azar maydan buyon ilk marta "Real" uchun gol urdi

Mirjalol Normatov
21 yanv 2022, 13:33
Ispaniya Kubogining 1/8 finalida "Real" safarda "Elche"ni mag'lub etdi, 2:1.

Jamoaning g'alaba golini Eden Azar kiritdi. Qayd etish kerak, vinger 9 maydan buyon ilk marta Madrid klubi tarkibida gol urdi. O'shanda u "Sevilya" (2:2) darvozasini ishg'ol qilgandi.

Terma tarkibida esa uning so'nggi goli sentyabrda kiritilgandi.

"Real" 2019 yili Azarni 115 million evro evaziga transfer qilgandi. O'tgan ikki yarim mavsum davomida u jamoasi uchun 6 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia