Azamat Abduraimov: "Bugun hamma yaxshi o'yin ko'rsatdi"

Narzulla Saydullayev
15 avg 2013
Oliy ligaga qaytish uchun dadil qadam tashlayotgan “Andijon” jamoasi o'z maydonida “Xorazm”ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Azamat Abduraimovdan o'yin to'g'risida fikrlarini so'radik.

- “Xorzam” oddiy raqib emasdi va ular o'tgan turda Qo'qonda g'alaba qozonishgandi. Shunga qaramay, bugun biz o'zimizning kombinacion o'yinimizni namoyish etib raqibdan ustunlik qildik. Birinchi bo'limda raqiblar darvozasiga ikkita to'p kiritib o'yin taqdirini deyarli hal etib qo'ygandik. Bundan tashqari gol urishimiz uchun yana ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ikkinchi taymda ayrim o'yinchilarga dam berib tarkibda o'zgarishlar qildik. Natijada yirik g'alabaga erishdik. Ikkita o'yinda 10ta to'p kiritish har qanday murabbiyni xursand qiladi. Bugun maydonga tushgan hamma futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Himoya chizig'imizni ishonchli o'yini evaziga darvozamizdan to'p o'tkazganimiz yo'q. Yarim himoya va hujumchilarning faolliklari tufayli raqib darvozasiga uchta to'p kiritdik. O'ylaymanki, muxlislarimiz ko'rsatayotgan o'yinlarimizdan xursand bo'lishyapti. Safardagi uchrashuvlarda ham mana shunday ruhda o'ynashda davom etamiz.

Albatta, ikkinchi bosqichda kurash qizg'in bo'lishi kutilgandi. Shunday ham bo'lmoqda. “NBU-Osiyo” nima uchundir o'z maydonidagi ikkala o'yinni ham boy bergani ajablantirdi. “Istiqlol” esa ikkinchi bosqichni yaxshi boshladi. Shuningdek, “Mashal” bu turda kutilmaganda mag'lubiyatga uchradi. Ammo kurash hali oldinda va biz raqiblarga e'tibor qaratmasdan o'z o'yinimizni namoyish etishimiz kerak.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz