"Atletiko"ning bugungi o'yin uchun qaydnomasi ma'lum: 3 nafar asosiy tarkib futbolchisi yo'q, Torreyra esa bugun debyut qilishi mumkin

Alisher
17 okt 2020, 10:14
"Atletiko" bugun La Liga 6-tur doirasida "Selta" bilan o'ynaydi.

"Atletiko"ning bir yo'la 3 nafar asosiy tarkib futbolchisi qaydnomadan o'rin olmagan. Renan Lodi va Saul Niges engil jarohat olishgan, Xose Mariya Ximenes esa sentyabr oyida koronavirusga chalingandi va shundan beri maydonga tushmayapti. "Arsenal"dan ijaraga olingan Lukas Torreyra esa bugun "matraschilar" safida debyut qilishi mumkin.


Darvozabon: Ivo Grbich, Yan Oblak

Himoyachilar: Manu Sanches, Stefan Savich, Felipe Augusto Montero, Mario Ermoso, Kiran Tripper, Rikard Sanches

Yarim himoyachilar: Lukas Torreyra, Koke, Toma Lemar, Markus Lorente, Ektor Errera, Vitolo, Yannik-Ferreyra Karrasko, Xuan Sanabriya

Hujumchilar: Joau Feliks, Luis Suares, Anxel Korrea, Ivan Shaponich, Diego Kosta, Serxio Kamelo



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com