

Argentinalik mutaxassisning poytaxt klubi bilan avvalgi kelishuvi 2020 yilning yozigacha belgilangan edi. Bunda qaror Simeonening iltimosiga ko'ra amalga oshirildi. Bundan tashqari, "Atletiko" murabbiyning maoshini oshirdi va u ayni damda La Liga jamoalari orasida eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Simeone joriy mavsum oldidan "Atletiko"ni tark etmoqchi bo'lgan. Klubdagilar unga shartnomani buzgani uchun jarima belgilamoqchi edi. Ammo bu mutaxassisga qiziqqan na PSJ va na "Inter" ushbu pullarni to'lashni istamadi. Shunda Simeone "Atletiko" bilan yangi bitimga kelishib olishdi.



